Sport trenajerlarining asosiy vazifasi — yog 'qatlamlarining hajmini kamaytirish, chiroyli mushaklarni rivojlantirish hamda organizmning yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashdan iborat. Trenajerlar odatda 2ta katta guruhga bo'linadi: kardio va kuch trenajerlari. Birinchi guruhdagi uy trenajerlari aerob yuklamani ta'minlaydi va qo'shimcha kaloriyalarni yoqishga yordam beradi, ikkinchisi guruhdagisi esa — alohida mushak guruhlariga ta'sir ko'rsatadi va shu bilan atletik qaddi-qomatni shakllantiradi. Albatta, ko'rinadigan natijalarga erishish uchun ulardan birgalikda foydalanish zarur.